Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu Messi bilan o‘rtasidagi farqni tushuntirdi
Foto: Getty Images
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduga «Barselona» yetakchisi Lionel Messidan uni nima farqlab turishi haqida savol berishdi.
«Farqimiz shundaki, men bir nechta klublarda o‘ynadim va turli jamoalar bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqdim. Bu musobaqada qatorasiga olti yil ketma-ket eng yaxshi to‘purar bo‘ldim. YeChLda besh marta g‘alaba qozonish unchalik ham ko‘p futbolchiga nasib etgan emas. Shunday ekan, men o‘zimni bu turnir bilan bog‘lab ko‘rsata olaman.
Messi – juda zo‘r futbolchi. U nafaqat «Oltin to‘p»lari bilan, balki – xuddi men kabi – yildan yilga o‘yini o‘sib borgani bilan ham odamlarning yodida qoladi», – dedi Ronaldu DAZN`ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu bu intervsida «ortiq pulga ehtiyoji yo‘qligi, o‘z ismini futbol tarixiga yozib, yana ham ko‘proq g‘alabalarga erishishni xohlayotgani» haqida ham gapirgan.
Mavzuga oid
15:10 / 01.05.2025
Ronaldu va Messi bir kunda yarimfinal o‘yinlarida yutqazdi
14:09 / 24.03.2025
Ronaldu noyob ko‘rsatkichga erishdi
15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»
11:06 / 14.12.2024