Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu: «Ortiq pulga muhtojligim yo‘q, o‘z ismimni futbol tarixiga yozsam deyman»
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu DAZN`ga bergan intervyusida kundalik hayoti va maqsadlari haqida gapirib o‘tdi.
«Men doim eng avvalo jamoam bilan sovrinlar yutishga intilganman, chunki individual mukofotlar ham shu sovrinlar ortidan keladi.
Har kunlik ishim, kundalik hayotim shunday. Har tong shunchaki pul ishlash uchun emas, balki qaysidir marraga erishish maqsadida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun uyg‘onaman. Yaratganning sharofati bilan ortiq pulga muhtojligim yo‘q. O‘z ismimni futbol tarixiga yozib qo‘yishni, yana va yanada ko‘proq g‘alabalarga erishishni xohlayapman», – dedi Ronaldu.
Mavzuga oid
15:10 / 01.05.2025
Ronaldu va Messi bir kunda yarimfinal o‘yinlarida yutqazdi
14:09 / 24.03.2025
Ronaldu noyob ko‘rsatkichga erishdi
15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»
11:06 / 14.12.2024