Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston Hindistonning harakatlari yuzasidan BMTning favqulodda yig‘ilishi o‘tkazilishini so‘radi
Pokiston tashqi ishlar vaziri Shox Mahmud Qurayshiy BMTga Hindistonning Jammu va Kashmir bo‘yicha xatti-harakatlari yuzasidan Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazish iltimosi bilan maktub yo‘lladi.
Qurayshiyning aytishicha, Hindiston bir tomonlama tarzda ushbu hududning demografik strukturasini o‘zgartirishga harakat qilmoqda, Kashmir xalqining asosiy huquqlari, jumladan o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini buzmoqda. Pokiston tashqi ishlar vaziri, shuningdek, yig‘ilishda Pokiston hukumati vakiliga ishtirok etishga ruxsat berilishini so‘ragan.
Hindiston prezidenti Ram Natx Kovind 5 avgustda Jammu va Kashmir shtatining maxsus maqomini bekor qilish haqidagi farmonni imzolagandi. Unga ko‘ra, shtat o‘rnida kamroq huquqlarga ega bo‘lgan ikkita ittifoqdosh hudud tashkil etiladi.
Hindistonning Kashmirda yashovchi musulmon ozchiligini qo‘llab-quvvatlovchi qo‘shni Pokistonda ushbu qarorga qarshi chiqilgan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 24.05.2025
“Mudofaamizga yana tahdid yuzaga kelsa, jim o‘tirmaymiz” – Pokiston elchisi bilan suhbat
21:17 / 23.05.2025