Prezident xususiy mulk daxlsizligi bo‘yicha Bosh prokuraturaga topshiriq berdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hokimlar, Qurilish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi va hamda boshqa vakolatli davlat organlari rahbarlarini Konstitutsiyaning xususiy mulkning daxlsizligi, iqtisodiy faoliyat va tadbirkorlik erkinligini ta'minlash, tajovuzlardan himoya qilish, xususiy mulkni saqlash va yanada ko‘paytirish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish to‘g‘risidagi normalarini so‘zsiz ijro etish va ularga qat'iy rioya qilish bo‘yicha shaxsan javobgar ekanligi to‘g‘risida ogohlantirdi. Bu haqda davlat rahbari tomonidan imzolangan farmonda aytiladi.
Bosh prokuratura va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili:
xususiy mulkdorlarga ularning huquqlarini buzgan holda zarar yetkazilishiga, shu jumladan, mulk huquqini noqonuniy cheklash va (yoki) undan mahrum qilish, xususiy mulkka, jumladan, avval xususiylashtirilgan mulkka tajovuz qilish, mulkdorga qasddan nomaqbul shartlarni, shu jumladan, mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishga doir asossiz talablarni qo‘yish, shuningdek, mulkni olib qo‘yish yoxud mulk egasini shaxsiy mulk huquqidan voz kechishga majbur qilishga yo‘l qo‘yilmasligi ustidan tizimli nazorat (kontrol) o‘rnatadi;
mansabdor shaxslar tomonidan suiiste'mol va qonunbuzarlik holatlarining oldini olish va bunga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan zarur choralarni ko‘radi.
Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda ushbu Farmon qoidalarini hisobga olgan holda qonun hujjatlariga, shu jumladan, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga mulkdorlarning xususiy mulk daxlsizligi, o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka mustaqil egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqlarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish, mulkdorlarga davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan yer maydonining bozor qiymatida to‘liq qoplanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritadi.
Mavzuga oid
14:02 / 16.11.2024
Prezident 9 nafar senatorni tayinladi
12:32 / 22.10.2024
Profta’lim muassasalari texnikumlarga birlashyapti – tizimda qanday o‘zgarishlar bor?
18:39 / 30.08.2024
Tadbirkor tovarlarining O‘zbekistonda erkin harakatlanishiga doir huquqi ta’minlanadi
15:14 / 25.07.2024