O‘zbekiston | 16:26 / 15.08.2019
21334
5 daqiqa o‘qiladi

Milliy gvardiya tomonidan qo‘riqlash borasida ko‘rsatiladigan xizmatlar tariflarini belgilash metodikasi tasdiqlandi

Foto: Norma.uz

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash bo‘linmalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulki hamda obektlarini qo‘riqlash borasida ko‘rsatiladigan xizmatlar tariflarini belgilash metodikasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash xizmatining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019 yil 3 iyuldagi 555-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘riqlash xizmatlarining tariflari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari uchun - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, boshqa tashkilotlar uchun - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni tomonidan mustaqil belgilanishi nazarda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash bo‘linmalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulki hamda obektlarini qo‘riqlash borasida ko‘rsatiladigan xizmatlar tariflarini belgilash metodikasi tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash xizmati tariflarini ishlab chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash bo‘linmalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulki hamda obektlarini qo‘riqlash borasida ko‘rsatiladigan xizmatlar tariflarini belgilash metodikasiga amal qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash bo‘linmalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulki hamda obektlarini qo‘riqlash borasida ko‘rsatiladigan xizmatlar tariflarini belgilash metodikasiga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulki hamda obektlarini qo‘riqlash bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar, shuningdek, shartnoma asosida mol-mulk qo‘riqlovini ta'minlash bilan bog‘liq boshqa xizmatlar tariflari qo‘riqlash xizmatining har bir turi bo‘yicha belgilanadi:

saf bo‘linmalari naryadlari bilan qo‘riqlash; 
harbiylashtirilgan bo‘linmalar bilan qo‘riqlash; 
erkin yollangan qorovullar bilan qo‘riqlash; 
texnik vositalar yordamida qo‘riqlash (texnik qo‘riqlash).

Qo‘riqlash bo‘linmalari tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘riqlash xizmatlarining tariflarining xizmat tannarxiga kiritilgan sarf-xarajatlar, davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar yig‘indisidan kelib chiqib hisoblanadi.

Asosiy vositalarning eskirishi amortizatsiya ajratmalari hisobidan qoplanadi.

Har bir qo‘riqlash turi bo‘yicha tarifni hisoblash xizmatga tegishli haqiqiy sarf-xarajatlar ko‘rsatkichlari asosida amalga oshiriladi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar hamda ustama xarajatlarning tegishli xizmat turiga to‘g‘ri keladigan qismidan tashkil topadi.

Qo‘riqlash xizmatini ko‘rsatish bilan bog‘liq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar pul ta'minoti va kiyim-kechak ta'minotini o‘z ichiga oladi.

Ustama xarajatlarning qo‘riqlash xizmatlari turlari bo‘yicha taqsimlanishi har bir qo‘riqlash turi bo‘yicha yil davomida ko‘rsatilgan xizmat hajmiga mutanosib ravishda amalga oshiriladi va formula asosida hisoblanadi.

Bunda qo‘riqlash bo‘linmalari faoliyati bilan bog‘liq umumiy yillik ustama xarajatlar narxlarining keyingi davrlar uchun qayta hisoblanishi Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 30 martdagi 249-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Qo‘riqlash xizmatining prognozlashtirilgan umumiy xarajatlari qo‘riqlash xizmatiga sarflangan haqiqiy xarajatlar va oxirgi to‘rt chorak hisobot ko‘rsatkichlarining tahlili asosida hamda prognozlashtirilgan xarajatlarni va narxlar o‘zgarishini hisobga olgan holda hisoblanadi.

Mavzuga oid