Jamiyat | 13:55 / 16.08.2019
8272
1 daqiqa o‘qiladi

Kollejga o‘qishga kiritishni va'da qilgan direktor o‘rinbosari ushlandi

Illyustrativ foto

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyati Uzun tuman bo‘limi va tuman prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. 

Mahkama matbuot xizmati xabariga ko‘ra, unda Sariosiyo tumani Agrosanoat kasb-hunar kolleji direktori o‘rinbosari I.M. ushbu kollejga o‘qishga joylashtirish hamda kelgusida tanishlari orqali tumandagi Pedagogika kasb-hunar kollejiga o‘qishni ko‘chirtirib berish evaziga fuqaro N.N.dan 8 mln. 700 ming so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan I.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid