Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegaradosh chegara-o‘tkazish punktlaridan birini ta'mirlamoqda
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari va avtotashuvchilar diqqatiga xabarnoma e'lon qildi.
Unga ko‘ra, Qozog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat daromadlari qo‘mitasi tomonidan ma'lum qilinishicha, 2019 yilning 16 iyulidan boshlab, Qozog‘istonning «B.Qonisbayev» chegara-o‘tkazish punktida qayta qurish va kengaytirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari va avtotashuvchilar tovar va transport vositalarini olib o‘tishda o‘zbek-qozoq chegarasida joylashgan boshqa muqobil o‘tkazish punktlari orqali harakatlanishlari mumkinligi eslatib o‘tilgan.
Ma'lumot uchun: Qozog‘istonning «B.Qonisbayev» chegara-o‘tkazish punkti Davlat bojxona qo‘mitasi Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining «Yallama» chegara-o‘tkazish punktiga tutash hisoblanadi.
Mavzuga oid
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi
17:32 / 25.02.2025