O‘zbekiston | 18:14 / 17.08.2019
72011
1 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokuratura bayonot berdi: Kun.uz xodimlariga tajovuz nazoratga olindi

Foto: Ramiz Baxtiyarov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobovning Kun.uz xodimlariga tajovuzi bo‘yicha holat yuzasidan bayonot berdi.

«Kuni kecha «Kun.uz» nashri xodimlari hamda Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari A.Vahobov o‘rtasida kelib chiqqan holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tekshirish o‘tkazilmoqda.

Mazkur holat Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan. Natijasi haqida keng jamoatchilikka qo‘shimcha ma'lumot beriladi», - deyiladi bayonotda.

Bundan oldin, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ushbu holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirgandi.

Avvalroq, Kun.uz tahririyati Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobov bilan bog‘liq voqea yuzasidan bayonot bilan chiqdi.

Mavzuga oid