Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Maxsustrans» chiqindilarni qayta ishlash sohasida Qarag‘anda bilan hamkorlik boshladi
Qarag‘andaning Mayquduq tumanida sinov loyiha tariqasida "Maxsustrans IChB" DUK yordami bilan Toshkentda qurilgan andoza asosida 20 ta maxsus chiqindi yig‘ish maydonlari tashkil etildi.
Ushbu maydonlar to‘silgan, zarur kommunikatsiyalarga ulangan, yoritilgan bo‘lib, unga maishiy, plastik va boshqa turdagi chiqindilarni yig‘ish uchun bir necha qutilar joylashtirilgan. Bungacha Qarag‘andada konteynerlar bunday maxsus joylarda bo‘lmagan.
Hajmi 750 litr bo‘lgan chiqindi qutilari shakl va ko‘rinishi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Ularda jamlangan chiqindilarni maxsus yuk mashinalari belgilangan poligonga olib borib tashlaydi. Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga ko‘ra, aholining maxsus chiqindi yig‘ish maydonlariga ko‘nikish jarayoni qiyin kechmoqda. Ba'zilar esa hali ham chiqindilarni ko‘chalardagi alohida qutilarga tashlamoqda.
Qayd etish joiz, Qarag‘andada chiqindilarni saralangan holda yig‘ish tajribasi avvaldan yo‘lga qo‘yilgan. U yerda aholi qog‘oz, plastmassa va boshqa chiqindilarni ajratgan holda qutilarga tashlaydi. Qog‘oz va plastmassa chiqindilari qayta ishlash uchun Moskvaga yuboriladi. Boshqa turdagi chiqindilar esa shahardan 15 km masofada joylashgan chiqindi poligoniga olib boriladi.
“Maxsustrans IChB” DUK o‘z navbatida, chiqindilarni birlamchi saralash bo‘yicha Qarag‘anda tajribasini o‘rganmoqda va Yakkasaroy tumanida bu boradagi sinov loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
11:08 / 14.04.2025
Birminghemda chiqindi yig‘uvchilarning ish tashlashi: hukumat qo‘shinlarni jalb qildi
23:07 / 02.04.2025
Germaniyada chiqindini kim noto‘g‘ri saralayotganini aniqlashda sun’iy intellektdan foydalanish boshlandi
15:11 / 26.03.2025
Toshkentga 6 mingga yaqin chiqindi qutilari yetishmaydi - Ekologiya boshqarmasi
09:41 / 26.03.2025