Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTB qiymati 800 mln dollarga teng fotoelektr stansiyalari qurish bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘rsatadi
2019 yil 16 avgustda Energetika vazirligida OTB bilan davlat-xususiy sherikchiligi (DXSh) shartlari asosida umumiy quvvati 1000 MVt.gacha bo‘lgan hamda taxminiy loyiha qiymati 800 mln. AQSh dollariga teng bir qator fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha maslahat xizmatlarini ko‘rsatishga doir bitim imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, kamida 100 MVt quvvatli fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha birinchi sinov loyihasini amalga oshirish joyi sifatida (ushbu bitimga ko‘ra) Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani tanlangan.
OTB ushbu bitimga muvofiq, maslahatchi sifatida ish yuritadi, loyihaning konsepsiyasi, moliyaviy modeli, loyihaviy-baholash hujjati (TEO), elektr energiyani xarid qilish to‘g‘risidagi bitim (RFQ) tayyorlanishini tashkillashtiradi hamda energetika sohasidagi yetakchi mutaxassislarni jalb etgan holda xalqaro tenderni o‘tkazadi.
Ushbu loyiha Energetika vazirligi tomonidan OTB, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, DXSh rivojlantirish agentligi ko‘magida va muvofiqlashtirilishi yordamida amalga oshiriladi. Loyiha amalga oshirilishining boshlanishi 2021 yilga mo‘ljallanmoqda.
Qayd etilishicha, 2030 yilgacha DXSh bo‘yicha qator yirik loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bunda ularning asosiy qismi qayta tiklanadigan energiya manbalari (QEM)ga to‘g‘ri keladi. Shu jumladan, respublikaning bir nechta hududida quvvati 5 GVt.gacha bo‘lgan fotoelektr stansiyalari va quvvati 1,7 GVt.ga teng shamol elektr stansiyalari, shuningdek, Sirdaryo viloyatida quvvati 2,6 GVt.ga teng issiqlik elektr stansiyalari qurilishi bo‘yicha loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Sanab o‘tilgan loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishga sarflanadigan xarajatlarning asosiy qismi XMK tomonidan, shu bilan birga, budjet hisobidan to‘lanadigan xarajatlarning bir qismi tender g‘olibi tomonidan qoplanadi.
Mavzuga oid
08:52 / 12.05.2025
O‘zbekistonda OTB ishtirokida 23 ta yangi loyiha amalga oshiriladi
14:43 / 20.12.2024
OTB O‘zbekistonda maktabgacha ta’limni yaxshilashga ko‘maklashadi
15:43 / 20.11.2024
OTB O‘zbekistonning iqlimga moslashish islohotlari uchun 250 mln dollar ajratdi
21:15 / 08.10.2024