Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ashraf G‘ani Kobuldagi teraktda «Tolibon»ni aybladi
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani poytaxt Kobuldagi to‘y marosimi vaqtida sodir etilgan va 63 kishi o‘limiga sabab bo‘lgan teraktni qoraladi. U «Tolibon» harakati bu hodisa uchun aybni o‘z zimmasidan soqit qila olmasligini ma'lum qilgan.
Afg‘oniston rahbari toliblar ushbu teraktga aloqador emasligi haqida bayonot berganidan keyin o‘z tvitterida «Tolibon» terrorchilar uchun platforma taqdim etib bergani tufayli bu terakt uchun aybni zimmasidan soqit qila olmasligini bildirgan.
Ashraf G‘ani vaziyatni tahlil qilish va kelgusida aholi himoyasi borasidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun xavfsizlik masalasida shoshilinch yig‘ilishi chaqirgan.
17 avgust oqshomida Kobuldagi to‘yxonada ro‘y bergan terakt oqibatida 63 kishi halok bo‘lib, 182 kishi jabrlandi. Afg‘oniston TIV ma'lumotiga ko‘ra, portlash terrorchi-xudkush tomonidan sodir etilgan. «Tolibon» ushbu teraktga aloqador emasligini ma'lum qildi. Hozircha hech bir guruh ushbu terakt uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.
Afg‘oniston bosh vaziri Abdulla Abdulla sodir bo‘lgan hodisani qoraladi va qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Mavzuga oid
11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025