Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gibraltar AQSh talabiga ko‘ra Eron tankerini ushlashga hech qanday sabab topmadi
Gibraltar rasmiylari Eronning Grace 1 neft tankerini hibs qilish talabini u mahalliy va Yevropa qonunlarini buzmayotgani bilan asoslab rad etdi, deb xabar berdi Gibraltar Chronicle nashri.
Gibraltar hukumati AQShning pozitsiyasini uning Eronga qarshi sanksiyalari bilan bevosita bog‘liqligi bilan tushuntirdi. Biroq Gibraltarda va umuman olganda Yevropa Ittifoqida Eronga qarshi bunday sanksiyalar mavjud emas.
Gibraltar hukumatining bayonotida aytilganidek, Yevropa Ittifoqining Eronga qarshi sanksiyalar rejimi AQShnikidan tubdan farq qiladi.
Tanker Buyuk Britaniyaning tashabbusi bilan cheklovlarni chetlab o‘tib Suriyaga neft yetkazishga uringani uchun ushlangan edi. Ammo keyinroq Tehron yuklarni Suriyaga yetkazmasligiga yozma ravishda va'da berganidan so‘ng kemani qo‘yib yuborishga qaror qilingan. G‘arbning bir qator ommaviy axborot vositalarida Grace 1 tankerini hibsga olish ortida aslida Eronga nisbatan keskin pozitsiyasi bilan tanilgan AQSh prezidentining maslahatchisi Jon Bolton turgan bo‘lishi mumkinligi aytilgan.
Ayni paytda tanker Gibraltarda yangi ekipajini kutmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025