Jamiyat | 11:00 / 18.08.2019
9656
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Oriyent Finans Bank tomonidan Shayxontohur tumanida sayyor uchrashuvlar o‘tkazildi

Oriyent Finans Bank rahbariyati hududlarda bo‘lib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha mavjud muammolarni bartaraf etish va ularning eksport salohiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida sayyor uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Joriy yilning 12 avgust kuni navbatdagi uchrashuv Bank Boshqaruv Raisi ishtirokida Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 23 iyul va 2 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida kichik biznes va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida banklar ish uslubini tubdan o‘zgartirib, tadbirkorlarni ularning butun faoliyati davomida qo‘llab-quvvatlashi, ular bilan haqiqiy ma'noda biznes-hamkor sifatida ishlashi lozimligi ta'kidlangan edi.

Shayxontohur tumanida faoliyat olib boruvchi kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari uchun shu maqsadda tashkil qilingan uchrashuvda Bank mutasaddilari tomonidan ishtirokchilar e'tiboriga yangi turdagi xizmatlar, shuningdek sohaga berilayotgan imtiyozlar xususida keng tushuncha berildi.

Sayyor qabulda kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari vakillari ishtirok etishdi. Unda soha vakillari oldida turgan muammolar chuqur o‘rganilib, ularning aksariyati joyida hal etildi, tegishli tushuntirishlar berildi.

Bank rahbariyati ishtirokidagi kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari vakillari bilan sayyor uchrashuvlar respublikamizning boshqa hududlarida ham davom etmoqda.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid