Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda bir kun ichida 3ta yer silkinishi yuz berdi
Qozog‘istonning Olmaota viloyatida 18 avgustda 3 ta yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda Qozog‘iston seysmologik tajriba-metodik ekspeditsiyasi saytida ma'lum qilindi.
Yer silkinishlardan birinchisi soat 5:07da Olmaotadan 145 km uzoqlikda yuz bergan va magnitudasi 5,4 ballni tashkil qilgan. Uning o‘chog‘i 5 km chuqurlikda bo‘lgan. Shuningdek, soat 6:38da Olmaotadan 250 km shimolda 4,6 magnitudali ikkinchi yer silkinishi qayd etilgan. Uning o‘chog‘i 10 km chuqurlikda bo‘lgan.
Uchinchi yer silkinishi Olmaotadan 78 km shimolda qayd qilinib, magnitudasi 4,9 ballni tashkil qilgan. Uning o‘chog‘i 20 m chuqurlikda joylashgan.
Yer silkinishlari oqibatida jabrlanganlar va talofatlar haqida xabar berilmagan. Olmaota viloyati va Jarkent shahri favqulodda vaziyatlar departamentlarida tezkor shtablar va “qaynoq telefon liniyalari” tashkil etilgan.
Mavzuga oid
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi
17:32 / 25.02.2025