Sport | 11:42 / 19.08.2019
12037
2 daqiqa o‘qiladi

Medvedev birinchi marta «Masters»da g‘olib bo‘ldi va dunyoning beshinchi raketkasiga aylandi

Foto: Rob Carr/Getty Images

Rossiyalik tennischi Daniil Medvedev o‘z faoliyatida birinchi marta Tsinsinnatida bo‘lib o‘tgan «Masters» musobaqasida g‘olib chiqdi. Finalda to‘qqizinchi raqam ostida saralangan Medvedev belgiyalik David Goffeni 7:6 (7:3), 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuv 1 soat 39 daqiqa davom etdi. Medvedev 10 marotaba eysni amalga oshirdi, bir marta to‘p uzatishda xatoga yo‘l qo‘ydi va 5ta breyk-poyntdan 2tasini qo‘ldan boy bermadi. Goffen 5ta eysni amalga oshirib, 7 marta xato qildi va 1ta breykdan foydalandi.

Medvedev rasmiy uchrashuvlarda Goffen bilan shaxsiy qarama-qarshilikda oldinga chiqib oldi - 2-1. Avvalroq, Australian Open’da Medvedev g‘alaba qozongan, Uimbldonda - Goffen.

Medvedev ketma-ket uchinchi hafta turnirlar finalida o‘ynamoqda. Daniil ikki mag‘lubiyatdan so‘ng, ikkinchi urinishda «Masters»da g‘alaba qozondi. Bir hafta oldin u Monrealda ispaniyalik Rafael Nadalga yutqazdi.

Medvedev o‘z karerasidagi beshinchi unvonni, 2019 yilgi mavsumda ikkinchi titulni qo‘lga kiritdi va Tsinsinnatida «Masters»ni yutgan birinchi rossiyalikka aylandi.

19 avgust kuni Medvedev dunyoning beshinchi raqamli raketkasiga aylanadi. Rossiyalik ATR reytingida 2010 yildan buyon birinchi marta bunday yuqori o‘ringa ko‘tariladi (2010 yilda Nikolay Davidenko beshinchi pog‘onani egallagandi).

Mavzuga oid