Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mamarizo Nurmuratov valuta kursining oshishiga nima ta'sir ko‘rsatayotganini ochiqladi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida valuta siyosati bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Kun.uz muxbirining xabar qilishicha, Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov tadbirda valuta kursining oshishiga nima ta'sir ko‘rsatayotgani haqida gapirdi.
“Valuta kursi qiymatining oshib borishiga valutaga bo‘lgan talabning ortib borishi ta'sir ko‘rsatmoqda. Lekin, o‘z navbatida bironta talab qondirilmay qolmayapti ham. 2018 yilda aholidan 3,5 mlrd dollar valuta sotib olingan.
Joriy yil 1 oktyabrdan biznes, tadbirkorlik sohasidagi bir qator imtiyozlarning bekor bo‘lishi ham bunga ta'sir qilmoqda. Sababi, so‘nggi vaqtlarda mavjud imtiyozlar bekor bo‘lgunga qadar maksimal foydalanib qolishga faol harakatlar bo‘lyapti”, - dedi Markaziy bank raisi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, inflatsiyani to‘xtatish, narxlarni pasaytirishning yagona yo‘li - raqobat va investitsion erkinlikni kuchaytirish.
Mavzuga oid
22:31 / 28.04.2025
BRICS yangi valuta yaratishni rejalashtirmayapti
21:06 / 19.04.2025
Rublning mustahkamlanishi Kremlning zarariga ishlashi mumkin. Qanday qilib?
10:11 / 20.03.2025
DXX 1,2 mln dollarning noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘ydi
08:46 / 27.02.2025