Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston katta ko‘lamli “Markaz-2019” harbiy mashg‘ulotlarida ishtirok etadi
8 ta davlat – O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Pokiston, Hindiston, Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston harbiylari 16-21 sentabr kunlari o‘tadigan strategik qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari “Markaz-2019”da (Tsentr-2019) ishtirok etadilar. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligida ma'lum qilindi.
Ta'kidlanishicha, asosiy harakatlar Rossiyaning 8 ta poligonida bo‘lib o‘tadi. Ba'zi mashg‘ulotlar qolgan davlatlar poligonlarida “alohida rejalar”ga ko‘ra o‘tkaziladi.
“Rossiyaning Yevropadagi qismida joylashgan Donguz, Totskiy, Adanak poligonlaridagi qo‘shinlarning amaliy harakatlarida 12950 kishi (jumladan. 10700 rossiyalik harbiy, qolgan davlatlardan 2250 harbiy), 250 tagacha tank, jangovar mashina va bronetransportyorlardan 450 tagacha, artilleriya tizimlari va yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimlaridan 200 tagacha ishtirok etadi”, deyilgan xabarda.
Hammasi bo‘lib mashg‘ulotlarda 128 ming kishi, 20 mingdan ko‘proq harbiy texnika va qurol birligi, 600 ga yaqin parvoz qurilmasi va 15 tagacha kema ishtirok etadi.
Mashg‘ulotlarning bir qismi Kaspiy dengizida o‘tkaziladi, u yerda quruqlikdagi qo‘shinlarga ko‘mak ko‘rsatish, dengiz kommunikatsiyalarini himoya qilish harakatlari mashq qilinadi.
Mashg‘ulotlar vaqtida davlatlar xalqaro koalitsiyasi qo‘shinlarini terrorchilikka qarshi kurashda qo‘llash va Markaziy Osiyo strategik yo‘nalishida harbiy xavfsizlikni ta'minlash masalalari mashq qilinadi. Ma'lum qilinishicha, “Markaz-2019”ning asosiy maqsadlari nafaqat qo‘shinlar tayyorgarligi darajasini tekshirish va ular tomondan tajriba orttirish, balki Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari harbiylarining milliy manfaatlarni himoya qilishga tayyorligini namoyish qilish va birgalikda harakatlanish darajasini oshirish hisoblanadi.
Mashg‘ulotlar 2 bosqichda o‘tadi. Birinchi bosqichda terrorchilikka qarshi kurash, havo zarbalarining qaytarilishi, razvedka va mudofaa harakatlari mashq qilinadi, ikkinchi bosqichda harbiylar shartli dushmanni yakson qilish uchun hujumga o‘tadilar.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
17:57 / 29.04.2025