Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Biz ularni sudga beramiz» – Turdimov Qorasuvdagi 335 ta uy ehtiyojmand bo‘lmaganlarga berilgani haqida gapirdi
Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Samarqand shahridagi Qorasuv massivida qurilgan uylar masalasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda ma'lum bo‘lishicha, Qorasuvda 2018 yil qurilgan 1 344 ta uyning 335 tasi aslida uyga muhtojligi bo‘lmaganlarga sotilgan.
Turdimov uylar chindan ehtiyoji borlarga berilishi kerakligini aytib, «Agromir Buildings» qurilish korxonasi hamda boshqa mas'ullarga uylarni ularga ehtiyoji bo‘lganlarga berish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Viloyat hokimi topshirig‘i bilan tuzilgan ishchi guruh yangi ro‘yxatni shakllantirayotgani aytildi.
«Ko‘plab uylar unga ehtiyoji bo‘lmaganlarga berilgan. Biz ularni sudga berib uylarni bo‘shatamiz va ishchi guruh shakllantirgan ro‘yxatdagi chindan ehtiyojmandlarga beramiz. Davlat dasturi asosida qurilgan uylarni taqsimlashda Samarqand shahar hokimiyati tomonidan qing‘irliklarga yo‘l qo‘yilgan va men bu uchun yana bir marta uzr so‘rashga tayyorman», — deb Turdimovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
14:57 / 09.05.2025
Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. 6 kishi halok bo‘lgan
12:20 / 05.05.2025
10 metrlik jarlik ichidagi changalzorga tushib ketgan ikki kishi qutqarildi
10:20 / 05.05.2025
Nurobodda qariyb 17 ming gektar maydonda zararli chigirtkalar tarqalgani aniqlandi
13:52 / 09.03.2025