Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daniyada Trampga Grenlandiyani sotib olish o‘rniga Alyaskani sotish taklif qilindi
Daniya monarxlari spikeri Lene Ballebyu Donald Trampning Daniyaga tashrifi qoldirilishini “kutilmagan holat” deb atadi.
“Bu kutilmagan holat bo‘ldi. Bizda bu masala bo‘yicha boshqa gap yo‘q”, deb aytgan Ballebyu.
Avvalroq Tramp Daniya bosh vazirining Grenlandiya sotilmasligi haqidagi gaplaridan keyin Daniyaga safarini keyinga qoldirgandi.
Bir qator daniyalik siyosatchilar Trampning Grenlandiyani sotib olish haqidagi gaplaridan keyin uning tashrifini umuman bekor qilish kerak, deb hisoblashmoqda. Ular Trampga Daniya hududlarini sotib olish o‘rniga AQSh tarkibiga XIX asrda kirgan Alyaska yarimorolini sotishni taklif qilishgan.
Ma'lum qilinishicha, Tramp Grenlandiyani yiliga 600 mln dollardan ijaraga olishga tayyor bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, Tramp Daniya bosh vaziri Mette Fredriksen Grenlandiya sotilmasligini qanday yo‘sinda gapirganidan norozilik bildirgan.
“Bu rad etishning chiroyli usuli bo‘lmadi”, deb aytgan Tramp.
Trampning aytishicha, Fredriksen Grenlandiyaning sotib olinishi rejasini “bema'ni” deb atab “yoqimsiz” yo‘l tutgan. AQSh prezidentining fikricha, Daniya bosh vaziri uning taklifiga shunchaki rad javobini bersa ham bo‘lardi.
Shu sababli, Tramp Daniyaga sentabr boshiga belgilangan safarini bekor qilishga qaror qilgan.
Mavzuga oid
08:00 / 08.04.2025
Grenlandiyada yangi hukumat tasdiqlandi - ular mustaqillik tarafdori
00:50 / 05.04.2025
The Economist: Alyaskadagi orol aholisi Rossiya bosib olishidan xavotirlanib, rus tilini o‘rganmoqda
18:44 / 02.04.2025
WP: Oq uy Grenlandiyaning AQShga qo‘shilishi xarajatlarini baholamoqda
17:34 / 02.04.2025