Dunyoning eng serdaromad aktyorlari e'lon qilindi

Foto: Rex/ Getty Images
Gollivud aktyori Dueyn “Qoya” Jonson “Qasoskorlar”da suratga tushgan aktyorlar Kris Xemsvort va Kichik Robert Daunini ortda qoldirib, eng serdaromad aktyorlar ro‘yxatiga yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Forbes’ga iqtibos keltirgan holda Entertainment Weekly nashri xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, aktyor 2018 yilning 1 iyunidan 2019 yilning 1 iyunigacha 89,4 mln dollar ishlab topgan.
O‘tgan yil Jonson ishtirokida “Osmono‘par bino” filmi suratga chiqqandi. Bundan tashqari, u HBO telekanalidagi “Futbolchilar” serialining har bir seriyasi uchun 700 ming dollardan va kiyim-kechak, poyabzal va quloqchinlar qatoridan millionlab dollar ulush oladi. Aktyor, shuningdek, “Forsaj: Xobbs va Shou” filmi tushumidan foizlar oladi.
Ro‘yxatning 2- va 3-o‘rinlarini Kris Xemsvort (62,9 mln dollar) va Kichik Robert Dauni (66 mln) asosan “ Qasoskorlar: Intiho” filmidagi ishiroklari uchun egallashgan. Keyingi o‘rinlarni hind aktyori Akshay Kumar (65 mln) va afsonaviy Jyeki Chan (58 mln) egallamoqda.
Yetakchi o‘ntalikka Bredli Kuper (57 mln), Adam Sendler (57 mln), Kris Evans (43,5 mln), Pol Radd (42 mln) va Uill Smit (35 mln) ham kirgan.
O‘tgan yilgi ro‘yxat yetakchisi Jorj Kluni o‘ntalikka ham kirmagan.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Mavzuga oid

20:26 / 01.04.2025
Forbes milliarderlar ro‘yxatini yangiladi: Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan

20:42 / 06.10.2024
Forbes eng ko‘p maosh oladigan davlat rahbarlarini e’lon qildi

21:08 / 26.09.2024
«Gazprom» Rossiyaning serdaromad kompaniyalari ro‘yxatidan tushib ketdi

22:27 / 10.08.2024