Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muftiy Usmonxon Alimov Chechenistondagi masjid ochilishida qatnashadi
22 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning taklifiga binoan Shali shahrida bunyod etilgan muhtasham masjidning ochilish tadbirida ishtirok etish uchun ushbu davlatga jo‘nab ketdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibiga hukumat vakillari, ulamolar, mudarrislar va ommaviy axborot vositalari vakillari kiritilgan.
Yangi masjid Ramzon Qodirov nomi bilan atalib, 23 avgustda ochiladi.
Ushbu marosimda davlat va din arboblari, muftiylar, taniqli islom ulamolari, soha mutaxassislari va ekspertlar ishtirok etadi. Shuningdek, masjidning ochilish marosimi doirasida turli diniy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur masjid o‘zbek me'morlari tomonidan loyihalashtirilgan va Markaziy Osiyoga xos uslubda qurilgan. U 7 yil davomida qurilgan.
Shuningdek, masjid ochilishi munosabati bilan restorator Bahriddin Chustiy boshchiligidagi o‘zbekistonlik bir guruh oshpazlar Shalida 3 tonnalik palov tayyorlashadi.
Mavzuga oid
20:04 / 08.05.2025
Putin Ramzan Qodirovning iste’foga chiqishiga ruxsat bermadi
18:15 / 06.05.2025
Ramzon Qodirov o‘zini Checheniston rahbari lavozimidan ozod etishni so‘raganini aytdi
19:41 / 23.04.2025
Ramzon Qodirovning voyaga yetmagan o‘g‘li Checheniston Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimini egalladi
08:29 / 09.04.2025