Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tvitter 50 nafar mashhur qora tanli futbolchining akkauntini alohida nazoratga oladi
Tvitter ma'muriyati irqchilik ruhidagi haqoratlarga qarshi kurashish uchun mashhur qora tanli futbolchilardan 50 nafarining akkauntini alohida nazoratga oladigan bo‘ldi. Bu haqda The Times xabar bermoqda.
O‘tgan mavsumda ko‘plab futbolchilar rasizm muammosi ortidan ijtimoiy tarmoqlarga 24 soatlik boykot e'lon qilishgan edi.
Shundan so‘ng Tvitter, Instagram va Feysbuk vakillari bu masalani muhokama qilish uchun Angliya Professional futbolchilar assotsiatsiyasi a'zolari bilan uchrashgan.
Natijada hozirgi kelib Tvitter o‘z siyosatida yangilikka qo‘l urmoqda. Mikroblog endilikda irqchilik muammosiga qarshi yanada faolroq kurash olib boradi, jumladan 50 nafar mashhur qora tanli futbolchilarning akkauntlari doimiy ravishda tekshirib turiladi.
Bunga qadar irqchilik mazmunidagi tvitlar yoki haqoratga yo‘g‘rilgan xabarlar faqatgina ular haqida xabar berilgan taqdirdagina ko‘rib chiqilgan.
Mavzuga oid
08:24 / 08.11.2020
Bayden Tvitterda lavozimini prezident deb o‘zgartirdi, ijtimoiy tarmoq Trampni mazax qildi
17:03 / 27.05.2020
Tvitter Trampning postini yolg‘on deb belgiladi. U nima haqida yozgandi?
08:39 / 02.01.2019
Tramp bir yilda qancha tvit qoldirgani hisoblab chiqildi
08:24 / 27.07.2018