Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madaniyat tizimidagi xalqaro tanlovlarda ishtirok etish uchun qanday tartibda pul ajratiladi?
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Madaniyat vazirligi mas'ul xodimlari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda mutasaddilar Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan mamlakat yoshlarining xalqaro toifadagi tanlov va festivallarda ishtirok etishlari uchun qanday tartibda mablag‘ ajratilishini tushuntirib berdi.
«Avvalo, o‘tkaziladigan xalqaro tanlov yoki forumning jahon miqyosidagi statusiga e'tibor beriladi. Agar unda qatnashish orqali yoshlarimiz O‘zbekistonni xalqaro doirada tanitishga xizmat qilsa, albatta, pul ajratiladi», deydi Jamg‘armaning loyihalarni amalga oshirish va strategik rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Elmurod Najimov.
Shuningdek, Elmurod Najimovning qo‘shimcha qilishicha, jamg‘arma hisobidan xorijiy tanlovlarda qatnashishni xohlovchilar elektron yoki qog‘oz shaklidagi ariza bilan jamg‘armaga murojaat qilishlari lozim. Tanlov haqida o‘rganib chiqilganidan so‘ng mutasaddilar tomonidan javob xulosasi beriladi.
Mavzuga oid
00:26 / 14.05.2025
Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi
12:14 / 04.03.2025
San’atkorlarga «u yoki bu dinni targ‘ib qilmaslik» bo‘yicha tushuntirish olib borildi
22:17 / 04.10.2024
Konsertlarning ssenariylarini oldindan tekshirish tartibi joriy etilishi mumkin
12:38 / 08.04.2024