O‘zbekiston | 15:35 / 23.08.2019
62733
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ikkita sohani korrupsiyasiz sohalarga aylantirish bo‘yicha hujjatlar ishlab chiqildi – Erkin Yo‘ldoshev

O‘zbekiston hukumati oliy ta'lim va qurilish sohalarini korrupsiyadan xoli sohaga aylantirish yuzasidan tegishli hujjatlarni ishlab chiqdi.

Senat yalpi majlisini yoritayotgan Kun.uz muxbiri xabar berishicha, bu haqda Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev hukumatning parlamentga hisoboti yuzasidan savol-javoblar vaqtida ma'lum qilgan.

«Oliy ta'lim va qurilish sohasini korrupsiyasiz sohalarga aylantirish bo‘yicha hujjatlar tayyorlandi, ijrochilari aniq. Qilinadigan ishlar doirasi aniqlanib, ijroga qaratilgan.

Bu – boshlanishi. Turmushimizning boshqa jabhalari bo‘yicha ham xuddi shunday tahlil ishlari olib borilyapti, choralar ko‘rilyapti.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 65ta boshqaruv tizimlarida korrupsiyani jilovlashning ichki idoraviy cheklovlarini joriy etish bo‘yicha ishlar ketyapti. Bu masalaga Adliya vazirligi ham, huquqni muhofaza qiluvchi barcha idoralar, jamoat tashkilotlari, qolaversa o‘sha tizimning boshqaruv strukturalari to‘liqligicha safarbar qilingan», – dedi Erkin Yo‘ldoshev.

Mavzuga oid