Jahon | 20:11 / 24.08.2019
6066
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh va ASeAN davlatlari ilk bor birgalikda harbiy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazadi

Foto: U.S. Navy photo / Petty Officer 3rd Class Nathan Burke

AQSh va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi davlatlari harbiy-dengiz kuchlarining hamkorlikdagi ilk mashg‘ulotlari 2-6 sentabr kunlari Tailandning Sattaxip portidan Vetnamning Kamau provinsiyasi sohiligacha bo‘lgan hududda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Tailand harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondonligi bayonotida ma'lum qilindi.

Mashg‘ulotlarda 8ta suvusti kemasi va dengiz aviatsiyasining 2ta samolyoti qatnashadi, deyiladi bayonotda. 

Ma'lum qilinishicha, mashg‘ulotlar vaqtida turli davlatlar dengizchilarining dengiz xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha operatsiya o‘tkazishdagi hamkorligi mashq qilinadi.  

AQSh va ASeAN davlatlarining hamkorlikdagi harbiy mashg‘ulotlariga Tailand kontr-admirali Sompxong Naktxong va AQSh Yettinchi flotining esminetslar eskadrasi komandiri kapitan Mett Jyerbi rahbarlik qiladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid