Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senatorlar ayollar uchun nikoh yoshini oshirishni ma'qulladi
O‘zbekistonda ayollar uchun nikoh yoshi 17 yoshdan 18 yoshga oshiriladi.
Bugun Senat yalpi majlisida Oila kodeksiga bu o‘zgarishni kiritishni nazarda tutuvchi qonun ma'qullandi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Bungacha mamlakatda ayollar uchun nikoh yoshi 17, erkaklar uchun 18 yosh bo‘lib kelgan. Endilikda bu me'yor tenglashtirilmoqda.
Qo‘shimcha qilish joiz, qonunchilikka ko‘ra, uzrli sabablar bo‘lganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga yetmagan shaxsning to‘la muomalaga layoqatli deb e'lon qilinishi (emansipatsiya), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko‘ra nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, prezidentning 2019 yil 22 apreldagi «Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, 2019 yil 1 sentyabrdan erkaklar va ayollar uchun nikoh yoshi o‘n sakkiz yosh etib belgilangan edi.
Mavzuga oid
12:23 / 28.05.2025
Hayvonlarni identifikatsiya qilish jarayonlari tartibga solinadi
11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi
16:22 / 01.05.2025
Yerosti suvlaridan hisoblagichsiz foydalanganda soliq to‘lovi besh barobar oshiriladi
16:21 / 30.04.2025