O‘zbekiston | 14:41 / 24.08.2019
24811
2 daqiqa o‘qiladi

Vazir: «Madaniy meros obektlarini restavratsiya qilishda kunimiz mardikorlarga qoldi»

Foto: KUN.UZ

Senatning 21-yalpi majlisida moddiy madaniy meros obektlarini asrash, restavratsiya qilish jarayoni, bunda kadrlar salohiyati bo‘yicha masalalar ko‘tarildi. Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev shu mavzuda senatorlar tomonidan berilgan savollarga javob berdi.

“Madaniy meros obektlarimizni restavratsiya qilishda kadrlar masalasi bizning eng og‘riqli nuqtamiz hisoblanadi. Hozir 7500 ga yaqin madaniy obektlarning 259 tasining butkul yo‘qotilgan, tiklab bo‘lmaydi. Ularni restavratsiya qilishda bizda yetarli kadrlar yo‘q. Bu ishlar ko‘p yillardan beri mardikorlar tomonidan qilinadi. Kunimiz ularga qolib ketdi. Restavratsiya – bu ilm, alohida malaka talab qiladi. 1984 yilgacha respublikada restavratsiya institutida bo‘lgan. Ayrim sabablarga ko‘ra shu ta'lim muassasasini yo‘q qildik. Xorijliklar menga restavratsiya instituti nima uchun yo‘q, deb savol berishadi. Qanday javob berishni bilmayman. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti va Toshkent arxitektura-qurilish institutida restavratsiya bo‘yicha shu o‘quv yilida kafedra ochish bo‘yicha Oliy ta'lim vazirligiga taklif kiritganmiz.”

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Buxoro davlat universiteti restavratsiya bilan shug‘ullanuvchi muhandislar yo‘nalishi ochildi. Restavratsiya ishlari litsenziya olmasdan amalga oshirildi. Shuning natijasida madaniy meros obektlari qarovsiz qoldirildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid