O‘zbekiston | 11:43 / 24.08.2019
7397
4 daqiqa o‘qiladi

«Yergeodezkadastr»ga ma'muriy huquqbuzarlikka oid ayrim ishlarni ko‘rib chiqish huquqi beriladi

Foto: Fotolia

“Yer resurslaridan samarali foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini o‘rnatishda avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, yer resurslarini muhofazasiga oid amaliyot tahlili ushbu sohada bir qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatgan, xususan:

birinchidan, yer resurslarini muhofazasiga oid amaldagi qonunchilik normalarida vakolatli davlat organlarining huquqlaridan samarali foydalanishga to‘sqinlik qiluvchi huquqiy bo‘shliqlar mavjudligi jumladan, yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan sodir etilgan yerga oid ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni maxsus vakolatli organlar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rib chiqish mexanizmi mavjud emasligi;

ikkinchidan, yerga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ortiqcha qog‘ozbozlik va hisobotbozlikka chek qo‘yilmaganligi, yerlarni muhofaza qilishning ta'sirchan mexanizmini qo‘llash imkoniyatining cheklanganligi, yer qonunbuzilishlarni uzoq muddatda ko‘rib chiqilishi tadbirkorlik sub'yektlari va fuqarolarni ortiqcha ovoragarchiligiga, ayrim ushbu bilan bog‘liq jarayonlarda korrupsion holatlar kelib chiqishiga, yerga oid qonunbuzilishlarni ko‘plab va takroran sodir etilishiga, oxir oqibat o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari qonuniy yerdan foydalanuvchisiga qaytarilmasdan qolib ketayotganligi;

uchinchidan, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni nazorat qilish bo‘yicha maxsus vakolatli organ - O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining davlat yer inspektori shtat birligida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar sonini cheklanganligi, hattoki ayrim tuman va shaharlarda esa davlat yer inspektori shtatlari umuman mavjud emasligi, natijada ushbu hududlarda yer nazoratini tashkil etish imkoni bo‘lmayotganligi;

to‘rtinchidan, yer resurslarini muhofaza qilishda rag‘batlantiruvchi normalar va jamoatchilik ta'sir choralarining mavjud emasligi, yerga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek fuqarolarga yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishda yuksak huquqiy madaniyat va qonunga hurmat hissini singdirish borasidagi targ‘ibot-tashviqot ishlarining yetarli darajada emasligi;

beshinchidan, yerdan foydalanuvchilar tomonidan tuproq unumdorligini oshirganligi uchun rag‘batlantirish yoki aksincha tushirib yuborganlik uchun ta'sirchan choralarni qo‘llash mexanizmining mavjud emasligi;

oltinchidan, yerga oid qonun buzilishlar, ularni bartaraf etish haqidagi ma'lumotlarni hamda aybdor shaxslarni javobgarlik masalasini ko‘rib chiqishda tezkorlik va ochiqlikni ta'minlovchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish ishlari qoniqarsiz darajada ekanligi.

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (qishloq xo‘jaligi yerlari bilan bog‘liq qismi) va ularning hududiy bo‘linmalariga tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'iy nazar, yerdan foydalanuvchilar tomonidan ularga ajratib berilgan yerlardan foydalanish holatini (moliyaviy xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda) muntazam monitoring qilib borish va natijasi bo‘yicha yerga oid huquqbuzarliklarni sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxslarni, shu jumladan yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik sub'yektlarining mansabdor shaxslari va (yoki) boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 245-7- va 266-1-moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni ko‘rib chiqish huquqi beriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid