Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yamanlik isyonchilar Saudiya Arabistoni poytaxtidagi harbiy obektga hujum qilishdi – OAV
Yamanlik isyonchi husiylar Saudiya Arabistoni poytaxti hududida joylashgan harbiy obektga qarshi hujum amalga oshirishdi. Bu haqda isyonchilar vakiliga iqtibos keltirgan holda Al Jazeera telekanali xabar berdi.
Uning aytishicha, hujumda qurollangan dron qo‘llangan. Biroq husiylar aynan qanday obektga hujum qilishganiga aniqlik kiritilmagan.
Saudiya Arabistoni hukumati tomondan ham ushbu hujum yuzasidan izoh berilmagan.
Al Jazeera’ning eslatishicha, 25 avgustda husiylar Saudiya Arabistoni janubidagi Jizan shahriga qarata 10 ta ballistik raketa uchirgan. Isyonchilarning ta'kidlashicha, raketa hujumi o‘nlab odamlarning halok bo‘lishiga olib kelgan. O‘z navbatida arab koalitsiyasi uchirilgan raketalardan 6 tasi urib tushirilganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025