Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
16 300 dollar va 22 000 000 so‘mga «uxlatgan» shaxs qo‘lga olindi
2019 yil 16 avgust kuni Navoiy shahar I.Karimov ko‘chasida yashovchi 60 yoshli P.M. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
U shu yil fevral oyida Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida yashovchi 43 yoshli S.T. unga pullarini bankka yuqori foizli jamg‘armaga qo‘yib berishlikni aytib, undan 16 300 AQSh dollari va 22 000 000 so‘m pulini olib, shu kunga qadar bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, S.T. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025