Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy etalonlarni tizimli ravishda xalqaro etalonlar bilan solishtirib borish majburiyligi belgilanadi
Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi a'zolari hamda “O‘zstandart” agentligi mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi tomonidan “Metrologiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi qizg‘in muhokama qilinmoqda, deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Qutlimurat Babashev.
Amaldagi qonun 1993 yil qabul qilingan bo‘lib, unda 16 havolaki norma mavjud edi. Bugungi kunda ushbu hujjat metrologiya bo‘yicha xalqaro talablarga mos kelmasligi natijasida milliy akkreditatsiya tizimini xalqaro darajada tan olishga imkon bermayapti hamda sanoatning barcha tarmoqlarida yuqori aniqlikka erishish yo‘lida to‘siq turibdi. Shu bois uni takomillashtirishni davrning o‘zi taqozo etmoqda, deydi deputat.
Parlament Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan muhokamalar jarayonida ushbu masalalar ayni nuqtai nazardan qayta tanqidiy ko‘rib chiqilmoqda.
Mazkur qonun loyihasi birinchi o‘qishda deputatlar tomonidan konseptual jihatdan qabul qilingan bo‘lsa-da, qiyosiy tahlil asosida, xorijiy tajribadan kelib chiqib, tizimli ravishda muhokama qilinmoqda. Xususan, ikkinchi o‘qishga tayyorlanayotgan loyihaning “O‘lchash vositalarini kalibrlash” to‘g‘risidagi 27-moddasiga o‘lchash vositalarini kalibrlash bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik asosida metrologiya xizmatlari tashkil etilishi mumkinligiga doir norma kiritilmoqda.
Qonun loyihasi bilan milliy etalonlarni tizimli ravishda xalqaro etalonlar bilan solishtirib borish majburiyligi o‘rnatilmoqda. Bu, o‘z navbatida, xalqaro amaliyot bilan uyg‘unlashuvni ta'minlab, sanoat tarmoqlarida o‘lchov vositalarining aniqligini amalda ta'minlaydi.
Kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar milliy akkreditatsiya tizimini xalqaro darajada tan olinishiga imkon yaratib, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon bozorlarida munosib o‘rin egallashiga xizmat qiladi hamda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqishda, xizmatlar xavfsizligi oshirish masalalarida iste'molchilarning huquqlari va davlat manfaatlarini himoya qiladi, deb yozadi deputat.
Mavzuga oid
11:43 / 14.09.2024
Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan o‘lchash vositalari turkumlari ro‘yxati tasdiqlandi
15:23 / 04.04.2024
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:45 / 15.04.2021
Inson salomatligi uchun xavfli deb topilgan sariyog‘ importiga taqiq qo‘yildi
20:00 / 06.04.2021