Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Serbiyada futbolchi feyr-pleyga amal qilmadi. Raqib jamoa futbolchilari uni maydon bo‘ylab quvlashdi
Serbiya chempionatining Birinchi ligasi ishtirokchilari «Metalats» va «Bachka» klublari o‘rtasida tartibsizlik yuzaga keldi.
5-tur doirasida kechgan o‘yinning birinchi bo‘limida mezbonlar hujumchisi Nikola Grobovich sportga xos harakatlari bilan hisobni ochdi.
Bo‘lim oxirida «Bachki» futbolchilaridan biri jarohat olib, gazonga yiqildi, ammo «Metalats» futbolchilari to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishmadi va to‘p maydonning ikkinchi qismiga yetkazildi. Raqib himoyachilari qarshiligisiz to‘pga ega chiqqan Grobovich darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib borib, darvozani ishg‘ol qildi. Shundan keyin «Bachki» futbolchilari g‘azabga minishdi va butun tarkib bo‘lib Grobovichni quvlay ketishdi. Grobovich esa qochib qutulishga muvaffaq bo‘ldi, ammo ta'qibchilardan biri uning yuziga zarba berishga ulgurdi. Bu hodisadan keyin maydonda ikki jamoa futbolchilari ishtirokida ommaviy to‘qnashuv kelib chiqdi, yakunda o‘yin bosh hakami «Metalats»ning bir, «Bachki»ning ikki futbolchisini maydondan chetlatdi.
Ikkinchi bo‘limda maydon egalari ikkinchi golni urishdi va g‘alabani mustahkamlashdi.
Mavzuga oid
14:23 / 23.05.2025
Kaya Kallas: Serbiya geosiyosiy tanlov qilishi kerak
20:35 / 07.05.2025
Moskvaga kelayotgan Serbiya prezidenti dronlar tufayli Bokuga qo‘nishga majbur bo‘ldi
01:17 / 07.05.2025
NATOning uch davlati Vuchich va Fitso samolyotlarining Moskvaga uchishini taqiqladi
16:03 / 17.04.2025