O‘zbekiston | 14:08 / 29.08.2019
26242
4 daqiqa o‘qiladi

Mahkumlarga uchrashuv va telefon orqali so‘zlashuv bo‘yicha qo‘shimcha huquqlar berildi  

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. 

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi:

117-moddaning (Umumiy tartibli koloniyalarda jazoni o‘tash shartlari) uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi: 

«Mahkumlar yil mobaynida:

olti marta qisqa muddatli va olti marta uzoq muddatli uchrashuv; 
o‘n ikki marta telefon orqali so‘zlashuv; 
o‘n ikkita posilka yoki yo‘qlov; 
o‘n ikkita banderol olish huquqiga ega».

Hozirgi paytgacha mahkumlar yil mobaynida:

to‘rt marta qisqa muddatli va to‘rt marta uzoq muddatli uchrashuv;
olti marta telefon orqali so‘zlashuv;
oltita posilka yoki yo‘qlov;
oltita banderol olish huquqiga ega edi.

119-moddaning (Qattiq tartibli koloniyalarda jazoni o‘tash shartlari) uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi: 

«Mahkumlar yil mobaynida:

besh marta qisqa muddatli va besh marta uzoq muddatli uchrashuv; 
sakkiz marta telefon orqali so‘zlashuv; 
sakkizta posilka yoki yo‘qlov; 
sakkizta banderol olish huquqiga ega».

Hozirgi paytgacha mahkumlar yil mobaynida:

uch marta qisqa muddatli va uch marta uzoq muddatli uchrashuv;
to‘rt marta telefon orqali so‘zlashuv;
to‘rtta posilka yoki yo‘qlov;
to‘rtta banderol olish huquqiga ega edi.

121-moddaning (Maxsus tartibli koloniyalarda jazoni o‘tash shartlari) uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi: 

«Mahkumlar yil mobaynida:

to‘rt marta qisqa muddatli va to‘rt marta uzoq muddatli uchrashuv;
olti marta telefon orqali so‘zlashuv;
oltita posilka yoki yo‘qlov;
oltita banderol olish huquqiga ega».

Shu vaqtgacha mahkumlar yil mobaynida:

ikki marta qisqa muddatli va ikki marta uzoq muddatli uchrashuv;
uch marta telefon orqali so‘zlashuv;
uchta posilka yoki yo‘qlov;
uchta banderol olish huquqiga ega edi.

123-moddaning (Turmalarda jazoni o‘tash shartlari) uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi:

«Turmalarda mahkumlar har kuni muddati bir soatlik sayr qilish hamda yil mobaynida:

to‘rt marta qisqa muddatli va bir marta uzoq muddatli uchrashuv;
to‘rt marta telefon orqali so‘zlashuv;
to‘rtta posilka yoki yo‘qlov;
to‘rtta banderol olish huquqiga ega».

Shu paytgacha turmalarda mahkumlar har kuni muddati bir soatlik sayr qilish va yil mobaynida:

ikki marta qisqa muddatli va bir marta uzoq muddatli uchrashuv;
ikki marta telefon orqali so‘zlashuv;
ikkita posilka yoki yo‘qlov;
ikkita banderol olish huquqiga ega edi.

125-moddaning (Tarbiya koloniyalarida jazoni o‘tash shartlari) uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi:

«Tarbiya koloniyalarida mahkumlar yil mobaynida:

yigirma to‘rt marta qisqa muddatli va sakkiz marta uzoq muddatli uchrashuv;
yigirma to‘rt marta telefon orqali so‘zlashuv;
o‘n ikkita posilka yoki yo‘qlov;
o‘n ikkita banderol olish huquqiga ega».

Shu vaqtgacha tarbiya koloniyalarida mahkumlar yil mobaynida:

olti marta qisqa muddatli va olti marta uzoq muddatli uchrashuv;
o‘n ikki marta telefon orqali so‘zlashuv;
oltita posilka yoki yo‘qlov;
oltita banderol olish huquqiga ega edi.

Mavzuga oid