Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada 26 kishi qurollangan hujum qurboni bo‘ldi
Meksikaning Verakrus shtati, Koatsakoalkos shahridagi barlardan biriga hujum qilinishi oqibatida 26 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda shtat bosh prokuraturasi ma'lum qilgan.
Ta'kidlanishicha, halok bo‘lganlardan 10 nafari ayol, 16 nafari esa erkak kishidir. Shuningdek, 11 kishi yaralangan. Barga hujumda kamida 10 kishi ishtirok etgan, ular barda yong‘in uyushtirib, so‘ngra u yerdan yugurib chiqayotgan odamlarni o‘qqa tutgan.
Shtat gubernatori Kuitlauak Garsiyaning ta'kidlashicha, tegishli idoralar hujumning ehtimoliy tashkilotchisini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, gap iyul oyida qo‘lga olingan, biroq keyinroq qo‘yib yuborilgan jinoyatchi haqida bormoqda.
Meksikada joriy yilning birinchi yarmida 17,6 mingdan ko‘proq kishi zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan. Bu esa qotilliklar bo‘yicha “rekordchi” bo‘lgan 2018 yilning shu davriga nisbatan 5,1 foiz ko‘proqdir. Qotilliklarning aksariyati narkomafiya zimmasidadir.
2018 yil oxiridan Meksikani boshqarib kelayotgan prezident Andres Manuel Lopes Obrador 20 avgustda uning hukumati hozircha xavfsizlik sohasidagi vaziyatni yaxshilay olmaganini tan olgan. Uning ta'kidlashicha, “hukumat vaziyatni barqarorlashtira olgan, biroq jinoyatlar soni kamayishiga hali erishmagan”.
Mavzuga oid
23:19 / 21.05.2025
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi
00:27 / 10.05.2025