Jahon | 23:26 / 30.08.2019
47619
1 daqiqa o‘qiladi

Angliyada “Jigulilar qabristoni” topildi (foto)

Angliyada eski va ba'zilari ancha yaxshi holatda bo‘lgan “Jiguli” mashinalari “qabristoni” topildi. Yuzlab mashinalar ochiq joyda zang bosib yotibdi.

Ma'lumki, sobiq ittifoqda ishlab chiqarilgan “Jiguli” mashinalari ittifoqdan tashqarida ham sotilgan. Bu markadagi avtomobillar ayniqsa Kanada va Britaniya aholisiga xush kelgan. Biroq hamma mashinalarni ham birdek taqdir kutadi – ular ertami-kechmi chiqindixonaga tushadi.

Tashlandiq “Jiguli”lar  suratini britaniyalik Jyeyms Smit ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirgan va bir paytlar o‘zi ham shunday mashina minganini ta'kidlab o‘tgan.

Suratlarda VAZ-2101, VAZ-2102, VAZ-2104 va VAZ-2107 modelidagi mashinalarni ko‘rish mumkin. Mutaxassislar mashinalarning davlat raqamiga ko‘ra, mashinalardan 1963 yildan 1983 yilgacha foydalanilganini aytishlari mumkin. 1983 yildan keyin esa avtomobil raqamlari formati o‘zgargan.

Mavzuga oid