Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koson tumanida mustaqillik bayrami keng nishonlanmoqda – foto
Koson tumani markaziy o‘yingohida mustaqilligimizning 28 yilligi munosabati bilan «Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!» shiori tashkil etilgan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirga o‘n mingdan ziyod kosonliklar tashrif buyurdi.
Tadbirda tuman hokimi A.Boykarayev tuman ahlini O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligi bilan tuman ahlini muborakbod etdi.
Bayram tadbiriga Ulug‘bek Rahmatillayev va Malika Egamberdiyeva kabi taniqli san'atkorlar ham tashrif buyurib, o‘z san'atlari bilan tuman ahliga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.


Ayni vaqtda tumandagi mahallalarda bayram tadbirlari davom etmoqda. Tadbirlarga paxta yig‘im-terimida ishtirok etadigan otryad terimchilari taklif etilib, tuman hokimining esdalik sovg‘alari tarqatilmoqda.
Shuningdek, 715 nafar kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan fuqarolarga bayram sovg‘alari, oziq-ovqatlar ulashilmoqda.
Tuman hokimligi va «Mehr-shafqat» jamg‘armasi tuman bo‘limi hamkorligida 120 nafar kam ta'minlangan, nogironligi bo‘lgan fuqarolarga bayram dasturxoni tashkil etildi.








Bardoshbek SAMAD o‘g‘li tayyorladi.
Mavzuga oid
21:14 / 24.03.2025
Qashqadaryo viloyatida IIBning qator mulozimlari ishdan olindi
17:18 / 08.02.2025
“Sen qulsan” – Kosonda kelinini muntazam xo‘rlab kelgan qaynota va qaynona hamda ularning o‘g‘li ozodlikdan mahrum qilindi
11:52 / 12.01.2024
Mashhur hokimdan navbatdagi “tomosha”: Koson hokimligi 48 fermerning yerini qaror bilan tortib oldi
22:02 / 08.08.2023