Fotoreportaj: Ikkinchi jahon urushining 80 yilligi marosimlari Kun.uz nigohida
Polshada 1 sentabr kuni Ikkinchi jahon urushi boshlanganining 80 yilligiga bag‘ishlangan xotira tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Marosimda Polsha prezidenti Andjyey Duda va Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer, Germaniya kansleri Angela Merkel, AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens, shuningdek jami 40dan ortiq davlat delegatsiyalari vakillari, jumladan Albaniya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Gruziya, Islandiya, Latviya, Malta, Slovakiya, Sloveniya, Ukraina, Chernogoriya, Chexiya, Xorvatiya va Estoniya prezidentlari qatnashdi. AQSh prezidenti «Dorian» to‘foni tufayli safarga chiqmadi va o‘rniga vitse-prezidentni yubordi, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Boris Jonson ham Polshaga kelmadi.
Ikkinchi jahon urushida qariyb 6 million polshalik halok bo‘lgan. 80 yil o‘tib ham Polsha Germaniyadan yetkazilgan zararlar uchun kompensatsiya talab qiladi.
«Kun.uz» muxbiri ham Varshavada bo‘ldi va xotira marosimidan fotoreportaj tayyorladi.