La Liga. «Barselona» safarda ochko yo‘qotdi

Foto: AFP/Getty Images
Ispaniya chempionatida 3-turdan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.
«Barselona» safarda «Osasuna» bilan bellashdi. Bahs 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.
Qayd qilish joizki, «Barselona» yetakchisi Lionel Messi va hujumchisi Luis Suares jarohati tufayli bu o‘yinda ishtirok etolmadi.
Bu natijadan so‘ng, «Barselona» hisobida 4 ochko, «Osasuna» hisobida 5 ochko bor.
La Liga, 3-tur
Osasuna – Barselona 2:2 (1:0, 1:2)
31 avgust, «El-Sadar» stadioni
Gollar: 1:0 – 7 Roberto Torres, 1:1 – 51 Fati, 1:2 – 64 Artur, 2:2 – 81, penalti Roberto Torres.
Osasuna – Ruben Martines, Estupinyan, David Garsiya, Vidal, Aridane, Merida (Monkayola, 71), Oyyer Sanxurxo, Roberto Torres, Ruben Garsiya (Ibanes, 65), Chimi Avila, Brandon (Vilyar, 78).
Barselona – ter Stegen, Pike, Semedu (Fati, 46), Langle, Serji Roberto, Rafinya (Artur, 53), de Yong (Vidal, 82), Karles Peres, Buskets, Alba, Grizmann.
Ogohlantirishlar: Merida (13), Serji Roberto (32), de Yong (37), Brandon (43), Pike (82), Monkayola (90), Langle (90).
Mavzuga oid

10:13 / 16.04.2025
«Barsa»da yilning eng yomon o‘yini, «PSJ» ham zo‘rg‘a yarimfinalga chiqdi

12:08 / 13.04.2025
«Siti»da superkambek, «Barsa» nursiz o‘yinida ham g‘alaba qozondi. Kun o‘yinlari

02:04 / 10.04.2025
«Barselona» «Borussiya»ga 4 ta gol urdi, «PSJ»da ham ishonchli g‘alaba

12:41 / 06.04.2025