Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ota o‘g‘il uchun javobgar: Bashar Asad xolavachchasini o‘g‘lining maqtanchoqligi uchun uy qamog‘iga o‘tqazdi
Suriya prezidenti Bashar Asad xolavachchasi va Suriyaning eng boy odami Rami Maxlufni o‘g‘li – 22 yoshli Muhammadning ijtimoiy tarmoqlarda boyligini ko‘z-ko‘z qilib maqtangani uchun uy qamog‘iga o‘tqazdi. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Asadning jiyani Muhammad Maxluf o‘z oilasi boyliklarini ko‘z-ko‘z qilishni yaxshi ko‘radi. U ijtimoiy tarmoqlarda qimmatbaho mashinalar, yaxtalar va villalar fonida tushgan suratlarini joylashtirib boradi.
Asad oilasida ushbu mojaro mahalliy OAV Dubayda yashovchi Maxluflar oilasi boyliklarining ko‘z-ko‘z qilinishini tanqid qilgandan keyin yuz bergan.
Ta'kidlanishicha, “maqtanchoq” yigitning instagramdagi sahifasiga 126 mingdan ko‘proq kishi obuna bo‘lgan.




50 yoshli Rami Maxluf Suriyadagi eng nufuzli tadbirkorlardan biri hisoblanadi. Bashar Asadning onasi uning xolasi hisoblanadi. Rami Maxluf Suriyadagi eng yirik uyali aloqa operatori SyriaTel’ning egasi va direktorlar kengashi raisi hisoblanadi. Shuningdek, Maxluf Suriyaga tamaki mahsulotlari, qimmatbaho mashinalar importini va bojsiz savdoni nazorat qilishi aytiladi.
Uning boyligi 5 mlrd dollarga baholanadi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
17:28 / 28.04.2025
Bashar Asad otasining jasadi qoldiqlari o‘g‘irlab ketildi – OAV
20:54 / 23.04.2025
Rossiya Bashar Asadni Suriyaga topshirishdan bosh tortdi
17:47 / 17.04.2025