Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bashar Asadning xolavachchasi Putin qarzni qaytarishni talab qilgandan keyin hibsga olingan – OAV
Avvalroq Suriyaning eng boy odami va Suriya prezidenti Bashar Asadning xolavachchasi Rami Maxluf uy qamog‘iga olingani ma'lum qilingandi. Bunga esa uning o‘g‘li Muhammadning ijtimoiy tarmoqlarda o‘z oilasi boyligini ko‘z-ko‘z qilgani sabab qilib ko‘rsatilgandi. Biroq hozir bu borada boshqa ma'lumotlar paydo bo‘ldi.
Aniqlanishicha, Rami Maxlufning aktivlari Suriyadagi fuqarolik urushi davomida Rossiyadan olingan qarzni uzish uchun musodara qilingan. Bu haqda The Times britan nashri xabar berdi.
Rasman Maxlufning aktivlari korrupsiyaga qarshi kurash doirasida musodara qilingani ma'lum qilingan. Bu esa uning o‘g‘li 22 yoshli Muhammad Instagram’da oilasining hashamatli hayotini namoyish qiluvchi suratlarni e'lon qila boshlagandan keyin yuz bergan. Nashrning ta'kidlashicha, o‘z biznes-imperiyasini Bashar Asad hokimiyat tepasiga kelgandan keyin qurgan Maxluf uch o‘g‘li, jumladan Muhammad bilan birga uy qamog‘iga o‘tqazilgan.
Boshqa ma'lumotlarga ko‘ra, Bashar Asad Rossiya prezidenti Vladimir Putin 3 mlrd dollarlik qarzning qaytarilishini talab qilgandan keyin xolavachchasining hibsga olinishiga ruxsat berishga majbur bo‘lgan.
Panama hujjatlariga ko‘ra, Maxlufning boyligi 2011 yilda Suriyada urush boshlanishigacha qadar kamida 5 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
17:28 / 28.04.2025
Bashar Asad otasining jasadi qoldiqlari o‘g‘irlab ketildi – OAV
20:54 / 23.04.2025
Rossiya Bashar Asadni Suriyaga topshirishdan bosh tortdi
17:47 / 17.04.2025