Jahon | 15:11 / 02.09.2019
8569
1 daqiqa o‘qiladi

Florida shtatining to‘qqizta okrugida majburiy evakuatsiya e'lon qilindi

Foto: REUTERS

Florida shtati gubernatori Ron Desantis shtatning to‘qqizta okrugida majburiy, yetti okrugida ixtiyoriy evakuatsiya e'lon qildi.

Majburiy evakuatsiya Palm Bich, Martin, Sent-Lusi, Sent-Jons, Brevard, Volusi, Duval, Indian va Nasso okruglarida amalga oshiriladi.

Evakuatsiya davomida erkin harakatlanishni ta'minlash maqsadida shtatdagi ayrim pullik avtoyo‘llarda yig‘im bekor qilindi.

Shtat hududida 38 ta umumiy va 11 ta maxsus boshpana tashkil etilgan.

Ta'kidlanishicha, Florida hukumati elektr tarmoqlarini tezkorlik bilan ta'mirlash uchun 28 ming nafarga yaqin xodimni shay holga keltirgan. Shuningdek, 49taga yaqin qidiruv guruhlari navbatchilik qilmoqda.

45dan ortiq maktab va 34ta oliy ta'lim muassasasi hamda qator davlat idoralari yopildi.

Evakuatsiya shuningdek, Jorjiya va Janubiy Karolina shtatlarida ham e'lon qilingan.

Mavzuga oid