Jamiyat | 11:54 / 02.09.2019
11077
2 daqiqa o‘qiladi

Urganch tumanida Davlat xizmatlari markazining yangi binosi ochildi

Xorazm viloyati Urganch tumanida Davlat xizmatlari markazining yangi binosi qurib bitkazildi va foydalanishga topshirildi, deb xabar beradi Kun.Uz muxbiri.

Mustaqillik bayrami arafasida o‘tkazilgan tantanali marosimda Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov, Urganch tumani hokimi Frunze Sharipov, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, mehnat faxriylari, tuman faollari, yoshlar ishtirok etishdi.

Qayd qilish joizki, Urganch tumanida 193 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Qisqa vaqt ichida qad ko‘targan 2 qavatli binoda aholi va tadbirkorlik sub'yektlari uchun barcha qulayliklar mavjud.

Binoda murojaat qiluvchi aholiga barcha qulayliklar yaratilgan bo‘lib, eng so‘nggi rusumdagi texnik vositalar bilan ta'minlangan. Shuningdek, kutubxona, yosh bolali onalar farzandlari uchun o‘yinchoqlar bilan to‘ldirilgan maxsus xona, ovqatlanish xonalari, investorlarga xizmat ko‘rsatish xonasi, kutish zali kabilar tashrif buyuruvchilar xizmatiga shay.

Urganch tumani Davlat xizmatlari markazi orqali aholi va tadbirkorlik sub'yektlariga o‘tgan 2018 yil davomida jami 32 942 ta davlat xizmati ko‘rsatilgan. 2019 yilning o‘tgan 9 oyi davomida esa davlat xizmatlari ko‘rsatish soni o‘tgan yilga nisbatan ancha ko‘payib ushbu ko‘rsatkich 56 465 tani tashkil etdi. Yangi binoda aholiga xizmat ko‘rsatish sifati yanada oshib, bu ko‘rsatkich soni ikki barobarga ko‘payishi kutilmoqda.

Nurmuhammad Said

Mavzuga oid