Fan-texnika | 09:05 / 03.09.2019
58123
2 daqiqa o‘qiladi

Xavfli avtomobillar reytingi taqdim qilindi

Foto: Pixabay

AQShning yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislari muayyan brenddagi avtomobillar egalari bemulohazalik bilan mashina haydashga moyilroq ekanliklarini aniqlashdi. Ular o‘lim bilan tugovchi avtohalokatlarning uchta eng keng tarqalgan sababini (tezlikni oshirish, spirtli ichimlik va giyohvand moddalar iste'mol qilish) aniqlashdi va qanday markadagi avtomobillar avtohalokatlar xronikasida kamroq qayd qilinganini o‘rganishdi.

Tadqiqot natijasiga ko‘ra, umumiy to‘qnashuvlar orasida Infiniti avtomobillari ishtirokidagi to‘qnashuvlarning har uchinchisiga tezlikning oshirilishi, har ikkinchisiga mashinani mast holatda boshqarish, 5 foiziga haydovchi tomonidan giyohvand modda iste'mol qilinishi sabab bo‘lgan. 

Acura, Mercedes-Benz va Lexus brendlari avtomobillari ham avtohalokatlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga ega. Bundan mutaxassislar bemulohazalik bilan mashina haydash qimmatbaho avtomobillar egalariga ko‘proq moyilligi haqidagi xulosaga kelishgan. Taqqoslash uchun, qimmatbaho mashinalar hissasiga tezlikni oshirish sababli yuz beruvchi avtohalokatlarning 27 foizi, ommaviy segment modellariga esa 25 foizi to‘g‘ri kelgan. 

Shuningdek, Osiyo va nemis brendlari mashinalari xavfli haydash sababli ko‘proq qayd qilinishi kuzatiladi. Misol uchun, Mitsubishi, Volkswagen va Honda avtomobillari ishtirokida yuz bergan 10 ta avariyadan taxminan 3 tasi tezlikni oshirish bilan bog‘liq. Buick, Chrysler va Lincoln brendlarida bu ko‘rsatkich ancha past. 

Acura, Cadillac va Mercedes-Benz modellari mast holatda yo‘l-transport hodisasini sodir etish bo‘yicha yetakchi beshtalikka kirgan, Pontiac va Mitsubishi avtomobillari esa yengil narkotik moddalar ta'siri ostida sodir etilgan avtohalokatlar reytingining eng yuqori pog‘onalarini egallagan.   

Tadqiqot uchun AQSh yo‘l harakati xavfsizligi milliy ma'muriyatining 2017 yil uchun ma'lumotlari asos qilib olingan. 

Mavzuga oid