Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Maqsadimiz – guruhda birinchi bo‘lish» - Falastinga qarshi o‘yindan oldin matbuot anjumani o‘tkazildi
JCh-2022 saralash bosqichining Osiyo mintaqasi ikkinchi raund bahslari doirasida 5 sentabr kuni o‘tkaziladigan Falastin va O‘zbekiston terma jamoalari uchrashuvi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi ustozi Ektor Kuper bilan birgalikda jamoa himoyachisi Farrux Sayfiyev ishtirok etdi.
«Birinchi o‘yin hamisha juda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, saralash o‘yinlarini 3 ochko bilan boshlash juda-juda muhim. O‘tkazilgan yig‘in davomida mazkur o‘yinga jiddiy hozirlik olib borishga harakat qildik. O‘ylashimcha, bir qator jihatlardagi kamchiliklarni yaxshilay oldik. Mazkur o‘yindan ijobiy natija kutyapman.
Yana shuni alohida qayd etishim lozimki, guruhdagi har bir raqib – jiddiy jamoa. Har bir o‘yinga juda jiddiy tayyorgarlik ko‘rishimiz talab etiladi. Lekin ertangi uchrashuvda faqat 3 ochkoni ko‘zlagan holda maydonga chiqishimizni ayta olaman.
Maqsadimiz – guruhda birinchi bo‘lish. Buning uchun birinchi galda o‘z o‘yinimizni yaxshilashimiz, o‘z o‘yinimizni namoyish eta olishimiz lozim. Shunda raqib zarur bo‘lsa, bizning o‘yinimizga qarab harakat qilishga majbur bo‘ladi.
Jahon chempionatiga yo‘l olishimiz uchun birinchi navbatda butun jamoamiz birlasha olishi hamda o‘z kuchimizga ishona olishimiz talab etiladi. Ya'ni har bir futbolchi oldinga qo‘yilgan maqsadga erishishimizga ishona olsa, shunda biz albatta o‘z falsafamiz bo‘yicha davom etamiz va yakunda maqsadimizga erisha olamiz. To‘g‘ri, O‘zbekiston hali mundialga yo‘l ola bilmagan. Lekin imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q. Bu gal biz maqsadga erishishimiz imkoni bor. Faqat tarkibdagi hamma o‘z kuchimizga ishona bilishi lozim.
Jahon chempionatiga chiqishning o‘ziga xos siri yoki berkitadigan jihati yo‘q. Buning uchun jamoa o‘z ustida ishlashni to‘xtatmasligi hamda bitta maqsad sari intilishi zarur», - deya Ektor Kuperning so‘zlarini keltirmoqda O‘FA sayti.
«Falastin terma jamoasi oxirgi paytlarda ancha yaxshi o‘yin namoyish etyapti. Lekin bizni faqat g‘alaba qanoatlantiradi. Biz 3 ochko uchun maydonga tushamiz. Xudo xohlasa, uyga g‘alaba bilan qaytishga harakat qilamiz», - dedi Farrux Sayfiyev.
Ma'lumot uchun, JCh-2022 saralash bosqichining Osiyo mintaqasi ikkinchi raundining guruh bosqichida O‘zbekiston terma jamoasiga D guruhida Falastindan tashqari Saudiya Arabistoni, Singapur va Yaman terma jamoalari raqib bo‘ladi.
Mavzuga oid
08:39 / 30.03.2022
JCh-2022 saralashi. Peru pley-offda o‘ynaydi, Kolumbiya va Chili mundialga bormaydi, Braziliyadan 4ta gol, Argentinada durang
08:24 / 30.03.2022
Marokash Kuperning Kongosini yirik hisobda yengib, JChga chiqdi. Kamerun va Tunis ham mundialga boradi, Jazoir esa yo‘q
01:46 / 30.03.2022
Fernandeshning dubli Portugaliyaga JCh yo‘llanmasini keltirdi, Polsha Shvetsiyani mundialsiz qoldirdi
01:21 / 30.03.2022