Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev: «Sportchilar kundalik turmush muammolarini o‘ylasinmi yoki Olimpiadaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rsinmi?»
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 4 sentabr kuni jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, yig‘ilishda sportchilarning turmush sharoiti, ularni rag‘batlantirish haqida ham so‘z yuritildi.
«Toshkent va Samarqand viloyatlari hokimliklari o‘zlaridan chiqqan olimpiyachilarning turmush sharoiti va oilasidan biror marta ham xabar olmagan.
Umuman, sportchilarimiz kundalik turmush muammolarini o‘ylasinmi yoki Vatanimiz sha'nini himoya qilish, madhiyamiz baralla yangrashi uchun Olimpiadada g‘alaba qozonish yo‘lida jiddiy tayyorgarlik ko‘rsinmi?
Shuning uchun, Milliy Olimpiya qo‘mitasi (Shoabduraxmonov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (Nabiyev) sport Federatsiyalari va hokimliklar bilan birgalikda saralab olingan 420 nafar sportchilarning yaqin oylarda o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalarda yuqori o‘rin egallab, Olimpiadaga litsenziyani qo‘lga kiritishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha uch kun muddatda «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqib, ijrosini kunlik nazoratga olsin.
Bunda, litsenziyani qo‘lga kiritish imkoniyati yuqori bo‘lgan kamida 150 nafar sportchilarning oilaviy sharoitidan tortib, Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish bilan bog‘liq barcha muammolarini hal etishga alohida e'tibor qaratish zarur va shart!» - dedi prezident.
Mavzuga oid
19:57 / 22.05.2025
AQShda «doping o‘yinlari» o‘tkaziladi
20:59 / 16.04.2025
Har yili dekabrda «Prezident Olimpiadasi» o‘tkaziladi
18:01 / 13.02.2025
O‘zbekiston qishki Osiyo o‘yinlari tarixida ikkinchi yaxshi natijasini ko‘rsatdi
15:12 / 13.02.2025