Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Musobaqalarda g‘olib bo‘lgan sportchilarni tayyorlagan jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga ilmiy unvonlar beriladi
O‘zbekistonda sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchi-talabalarni tayyorlagan jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga ilmiy unvonlar beriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 4 sentabr kuni jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchi-talabalarni tayyorlagan jismoniy tarbiya o‘qituvchilari ish haqiga qo‘shimcha ustama, o‘qituvchilik darajasiga tegishli toifa va imtihonsiz ilmiy unvonlar (katta o‘qituvchi, dotsent, professor) berishni taklif etaman.
Masalan, viloyat (shahar) bosqichi g‘olibligini qo‘lga kiritgan sportchilarning o‘qituvchi-murabbiylariga – katta o‘qituvchi; respublika bosqichi g‘olibligini qo‘lga kiritgan sportchilarning o‘qituvchi-murabbiylariga – dotsent; jahon chempionati, Osiyo, Olimpiada va Butunjahon Universiada o‘yinlari g‘olibligini qo‘lga kiritgan sportchilarning o‘qituvchi-murabbiylariga – professor ilmiy unvonlarini berish lozim.
Respublika miqyosidagi sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchi va talaba yoshlarning ustozlarini munosib rag‘batlantirish maqsadida, «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jismoniy tarbiya o‘qituvchisi» faxriy unvonini joriy etishni taklif etaman», - dedi davlat rahbari.
Mavzuga oid
19:57 / 22.05.2025
AQShda «doping o‘yinlari» o‘tkaziladi
20:59 / 16.04.2025
Har yili dekabrda «Prezident Olimpiadasi» o‘tkaziladi
18:01 / 13.02.2025
O‘zbekiston qishki Osiyo o‘yinlari tarixida ikkinchi yaxshi natijasini ko‘rsatdi
15:12 / 13.02.2025