Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maradona Argentina chempionatining so‘nggi o‘rindagi jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
Argentina milliy jamoasining sobiq bosh murabbiyi Diyego Maradona La-Plataning «Ximnasiya» klubini boshqaradi. Bu haqda klub rasmiy sayti ma'lum qildi.
58 yoshli mutaxassis Argentina klubi bilan mavsum so‘ngigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Maradonaning so‘nggi ish joyi Meksikaning ikkinchi divizioni vakili – «Dorados» jamoasi edi, u iyun oyida yelkasi va tizzasidan operatsiya qilingani tufayli klubni tark etgandi.
Argentina Premer-ligasining joriy mavsumida «Ximnasiya» klubi 5ta o‘yinning 4tasida mag‘lubiyatga uchradi va 1 ochko bilan jadvalda so‘nggi o‘rinda bormoqda.
Mavzuga oid
22:11 / 11.03.2025
Diyego Maradonani davolagan shifokorlar sudlanadi
21:12 / 06.01.2024
Italiya sudi Maradonadan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik ayblovini olib tashladi
01:43 / 30.12.2022
«Alvido, Qirol». Pele merosi haqida
22:03 / 14.10.2022