Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot sohasida mutaxassislar tayyorlash boshlanadi
Respublika biznes va boshqaruv Oliy maktabi qoshida falsafa doktori (Doctor of Philosophy – PhD) va fan doktorlari (Doctor of Science – DSc) – «Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya» mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash instituti ochiladi.
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2019 yil 30 avgustdagi qarori bilan pasport, ilmiy Kengash tarkibi va Kengashning ilmiy seminari tasdiqlandi.
Ilmiy kengash tarkibiga AQSh, Xitoy, Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston, Massachusets texnologiya instituti, Stenford universiteti, Hauzxong fan va texnologiyalar universiteti, Amaliy axborot texnologiyalari instituti kabi yetakchi universitet va ilmiy markazlar olimlari kirib, ular ilmiy kengash yig‘ilishlarida bevosita onlayn tarzda ishtirok etadilar.
«Raqamli iqtisod va xalqaro raqamli integratsiya» yangi mutaxassisligi pasporti raqamli iqtisodiyot bilan bog‘liq fan va amaliyotning deyarli barcha yo‘nalishlari va sohalarini o‘z ichiga olgan mutaxassislik va tadqiqot sohasi formulasidan iborat bo‘lib, ularning to‘liq mazmuni bilan Oliy maktabning rasmiy veb-saytida tanishish mumkin bo‘ladi.
Shu tariqa, Oliy maktab respublika va xorijiy mamlakatlarning ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan raqamli iqtisodiyot sohasida yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashning xalqaro muassasasiga aylanmoqda.
Ushbu mutaxassislik bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim olish uchun hujjatlarni qabul qilish joriy yilning 15 sentabr kuni boshlanadi.
Mavzuga oid
22:27 / 10.09.2021
Shavkat Mirziyoyev: “Birorta maktab “Bir million dasturchi” loyihasidan chetda qolmasligi kerak”
08:05 / 09.08.2021
Raqamli iqtisodiyot sohasidagi qator hujjatlarga o‘zgartirish kiritildi
20:27 / 17.11.2020
Raqamli iqtisodiyot rivojiga bank tizimi va internet zarur - «O‘zbekiston eksportchilari» uyushmasi raisi
17:17 / 06.07.2020