O‘zbekiston | 23:12 / 07.09.2019
38209
2 daqiqa o‘qiladi

Buyurtmasigayoq turnaqator navbat yuzaga kelgan mo‘tabar tafsir

Fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh qalamiga mansub «Tafsiri Hilol» kitobining navbatdagi adadi nashrdan chiqish arafasida.

7 sentabr kuni «Nilol-nashr» nashriyotining bosh do‘koni va barcha filiallarida «Tafsiri Hilol» kitobining navbatdagi 5000 nusxalik nashri uchun ro‘yxatga olish bo‘lib o‘tdi. Kitobning nashr etilishi esa sentabr oyi oxirlariga rejalashtirilgan. 

Ushbu mo‘tabar kitob shu vaqtga qadar «Nilol-nashr» nashriyoti tomonidan 6 marotaba chop etilgan bo‘lishiga qaramasdan yurtdoshlarimiz orasida unga bo‘lgan talab susaymagan. Buni eshik oldida navbatga turgan yurtdoshlarimiz sonidan ham bilib olsa bo‘ladi. 

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

 Aslini olganda ushbu nashriyot tomonidan chop qilingan boshqa kitoblarga ham turnaqator navbatlar bo‘lishiga ko‘nikib qolganmiz. Ammo bunisi o‘zgacha desak ham bo‘ladi. Chunki avvallari tayyor kitobni olish uchun kutayotgan insonlarni ko‘rgan bo‘lsak, bu safar deyarli bir oydan so‘ng nashr qilinishi kutilayotgan kitobga navbat olish uchun turgan yurtdoshlarimizni ko‘rib, bu yurtdan yana buyuk allomalar yetishib chiqishiga umid qilasan kishi.

Nashriyot bosh muharriri Yorqin Haydarovning aytishicha, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari qalamiga mansub ushbu tafsir yozilishi 90 yillarda boshlangan. Uning kattagina qismi hazrat Madinada ekanida yozilgan bo‘lib, zamonaviy o‘zbek tilidagi so‘nggi tafsirlardan biridir.

Mavzuga oid