Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Formula-1: Lekler qatorasiga ikkinchi marta g‘alaba qozondi
«Ferrari» jamoasi poygachisi Sharl Lekler «Formula-1» avtopoygasining Italiya bosqichida ham g‘alaba qozondi.
21 yoshli poygachi mavsumdagi va o‘z faoliyatidagi qatorasiga ikkinchi poygani yutdi: bir hafta oldin u Belgiya gran-prisida zafar quchgandi.
2- va 3-o‘rinlarni «Mersedes» a'zolari Valtteri Bottas va Lyuis Xemilton egalladi.
Italyan jamoasi uchun ushbu g‘alaba uy poygasida 2010 yildan beri birinchi g‘alaba bo‘ldi: o‘shanda Monsadagi poyga trassasida ispaniyalik Fernando Alonso g‘alaba qozongandi.
Umumiy hisobda Xemilton 284 ochko bilan yetakchilikni o‘zida saqlab qolmoqda. 2-o‘rinni Valtteri Bottas (221), 3-o‘rinni Maks Ferstappen (185) egallamoqda. Poyga qahramoni Lekler esa 182 ochko bilan 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Poyganing keyingi bosqichi Singapurda 19-22 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
17:22 / 25.05.2025
Shumaxerning Ferrariʼsi auksion orqali 18 mln dollardan qimmatroqqa sotildi
15:50 / 19.05.2025